
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Farg‘ona viloyat boshqarmasi tomonidan DXX va IIB xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Unda «Hududgaz Farg‘ona» GTF Marg‘ilon shahar gaz ta’minoti bo‘limi yetakchi muhandisi A.T. fuqaro N.M.ning noturar joy obyektini gaz tarmog‘iga ulash uchun texnik hujjatlarni tayyorlab berish hamda ruxsat olib berish evaziga 800 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar