
Foto: Surxondaryo viloyat YHXB axborot xizmati
Surxondaryo viloyatida joylashgan To‘palang daryosiga tushib ketgan Lacetti haydovchisi vafot etdi. Bu haqda viloyat YHXB axborot xizmati xabar berdi.
Unga ko‘ra, 24 iyun kuni soat 12:30 larda 1994 yilda tug‘ilgan haydovchi Lacetti rusumli avtomobili bilan Hisorak—Sariosiyo yo‘nalishida harakatlanib kelib, boshqaruvni yo‘qotib, ushbu hududdan o‘tuvchi To‘palang daryosiga tushib ketgan. Natijada avtomashina ichida bo‘lgan 2007 yilda tug‘ilgan yo‘lovchi yengil tan jarohati olib, tuman kasalxonasiga yotqizilgan.
Haydovchi sud-tibbiy ekspertizasining xulosasiga ko‘ra hodisa sodir bo‘lishidan oldin sog‘lig‘i yomonlashgani va yurak ishemik ehtimoli yuqori bo‘lganligi sababli vafot etgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar