
O‘zbekiston liberal-demokratik partiyasidan prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyev samarqandlik saylovchilar bilan uchrashuvda mamlakatdagi yo‘llarga yuklama oshgani, shu bois yangi tezyurar avtomobil yo‘llari qurilishini aytdi. Shuningdek, aviaqatnovlar soni ham oshirilishini ta’kidladi.
Nomzodning so‘zlariga ko‘ra, kelgusi 7 yilda mamlakatga 56 ta zamonaviy samolyot olib kelinadi. Aviaqatnovlar soni 4 barobar oshiriladi, xalqaro parvozlar yo‘nalishlari 5 karra ko‘paytiriladi.
Buning uchun:
— hududlardagi 6 ta yirik aeroport xususiy sherikchilik asosida yangilanadi;
— «Ochiq osmon» rejimi barcha aeroportlarda joriy qilinadi (Samarqand, Buxoro, Urganch, Andijon, Qarshi, Termiz va Nukusga «beshinchi havo erkinligi» berilgan).
Bugungi kunda Toshkent – Samarqand yo‘nalishida sutkasiga 35 mingta, Toshkent – Andijon yo‘lida 30 mingta avtomobil harakat qilmoqda. Bu – yo‘llarga yuklama 1,5-2 barobar ko‘paygan.
Shu bois Shavkat Mirziyoyevning keltirishicha, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki hamda Jahon banki ko‘magida Toshkent – Samarqand va Toshkent – Andijon yo‘nalishlarida xususiy sheriklik asosida yangi tezyurar avtomobil yo‘llari quriladi. Bunga 4 milliard dollar investitsiya kiritiladi. Natijada ushbu yo‘nalishlarda manzilga yetib borish vaqti 2 barobar qisqaradi.
«Osiyo infratuzilma investitsiyalar banki ko‘magida Toshkent – Shahrisabz – Termiz (M-39) yo‘li qayta quriladi, Samarqand – Buxoro – Olot yo‘li ta’mirlanadi. Bunga 300 million dollar ajratamiz», deya qo‘shimcha qildi Mirziyoyev.
O‘zbekistonShavkat MirziyoyevTezyurar AvtomobilYangi Yo‘llarAviaqatnovlar SonXususiy Sheriklik O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing