
O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer maydonlarini qaytarish va noqonuniy qurilishlarni buzilishiga ayrim fuqarolarning bu borada huquqiy bilim darajasi yetarli emasligi yoki biror bir qurilish qilish yoki yerni sotib olib, uni hujjatlarini rasmiylashtirish haqidagi huquqiy bilimga ega emasligi sabab bo‘lmoqda.
Byuroning Jizzax shahar bo‘lim ish yurituvida Fuqarolik ishlari bo‘yicha Jizzax tumanlararo sudining 19.08.2022 yildagi ijro varaqasiga asosan fuqaro A.Yuldashev tomonidan Jizzax shahar Sayxan mahallasida noqonuniy qurilgan binosi javobgar hisobidan buzdirish belgilangan.
Davlat ijrochilari tomonidan qarzdorga ijro ishi qo‘zg‘atilib, nusxalari tomonlarga yuborilgan.
Ijro harakatlari davomida qarzdorga Jizzax shahar Sayxon mahallasida noqonuniy qurilgan binosi javobgar hisobidan buzdirish yuzasidan ogohlantirilgan.
Ijro hujjatining ijrosini bajarmaslikning huquqiy oqibatlarini to‘g‘ri tushungan fuqaro A.Yuldashev hisobidan mazkur bino xolislar ishtirokida buzib tashlandi.
Agar tegishli tashkilotlarning xulosalariga asosan, hujjatlarni rasmiylashtirib qurilganida, A.Yuldashevga ortiqcha harakat bo‘lmagan va mehnat qilib qurgan binosidan ayrilmagan bo‘lar edi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar