00:14 / 28.06.2023
298

Qurbonlikni qachongacha qilish mumkin?

Qurbonlikni qachongacha qilish mumkin?

SAVOL: Qurbonlikning vaqti haqida tushuncha bersangiz?

JAVOB: Qurbonlikning vaqti – uch kundir. Ular – Zulhijjaning  o‘ninchi, o‘n birinchi va o‘n ikkinchi kunlari. Ya’ni, Qurbon hayitining birinchi, ikkinchi va uchinchi kunining quyosh botgunicha. 

Qurbonlikning vaqti haqida “Muxtasarul viqoya” kitobida shunday deyiladi:

“Qurbonlikning avvalgi vaqti, agar shahar joyda so‘yilsa – Qurbon hayit namozi o‘qilgandan keyin. Agar undan boshqa (juma o‘qilmaydigan qishloq) joylarda so‘yilsa, hayit kuni tong otgandan boshlanadi. Oxirgi vaqti esa (hayitning) uchinchi kuni quyosh botishidan ozgina avval tugaydi”.

Qurbon hayiti namozi o‘qilmaydigan sahro va cho‘l joylarda qurbonlikni Qurbon hayiti kuni tong otishi bilan so‘yish mumkin. Ammo Qurbon hayiti o‘qiladigan joylarda hayit namozi o‘qilgandan keyin qurbonlikni so‘yish boshlanadi. Bundan oldin so‘yishni boshlash mumkin emas. Shuningdek, hayitning ertasi kuni ham to‘liq qurbonlik so‘yiladi hamda uning ertasi kuni quyosh botishidan ozgina muddat oldingacha so‘yish joiz. Ammo Quyosh botishi bilan qurbonlik vaqti tugaydi. Vallohu a’lam.

Manba: O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qurbonlikni qachongacha qilish mumkin?
ePN