13:22 / 28.06.2023
134

O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni qator sohalarda dasturlar amalga oshirmoqchi

O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni qator sohalarda dasturlar amalga oshirmoqchi

Foto: Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi axborot xizmati

O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni energetika, sog‘liqni saqlash, ta’lim, suv ta’minoti, qishloq xo‘jaligi va infratuzilmaviy rivojlanish sohalarida qator muhim dasturlarni amalga oshirmoqchi, deb xabar bermoqda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi axborot xizmati.

Unga ko‘ra, bu borada faol ishlar olib borilmoqda. Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratovning Saudiya Arabistoni Podshohligi investitsiyalar vaziri Xolid al-Falih bilan muzokaralari vaqtida bu bo‘yicha ma’lumot berilgan. Tomonlar mamlakatda “yashil” vodorodni rivojlantirish sohasidagi loyihalarga ham alohida e’tibor qaratdi.

Shuningdek, joriy yilning kuzida bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston-Saudiya hukumatlararo komissiyasining navbatdagi yig‘ilishiga tayyorgarlik ko‘rish masalalari ham muhokama qilindi.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni qator sohalarda dasturlar amalga oshirmoqchi
ePN