18:17 / 28.06.2023
94

O‘zbekiston va Turkiya rahbarlari hamkorlikni kengaytirish masalasini muhokama qildi

O‘zbekiston va Turkiya rahbarlari hamkorlikni kengaytirish masalasini muhokama qildi

Foto: Prezident matbuot xizmati

28 iyun kuni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘anning telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi.

Davlat rahbarlari bir-birini va qardosh xalqlarimizni muborak Qurbon hayiti bilan qutlab, tinchlik-osoyishtalik, farovonlik va ravnaq tilaklarini izhor etdi.

Ko‘p qirrali hamkorlikni yanada kengaytirish va keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlarini mustahkamlashning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi.

Oliy darajadagi kelishuvlarga muvofiq siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va madaniy-gumanitar sohalardagi amaliy hamkorlik yuqori sur’at va samarali tus olgani qayd etildi.

Suhbat chog‘ida xalqaro va mintaqaviy kun tartibidagi dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashildi.

Bo‘lajak oliy darajadagi tadbirlar rejasi ko‘rib chiqildi. O‘zbekiston-Turkiya oliy darajadagi Strategik hamkorlik kengashining navbatdagi yig‘ilishi kun tartibini puxta tayyorlash muhimligi alohida ta’kidlandi.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekiston va Turkiya rahbarlari hamkorlikni kengaytirish masalasini muhokama qildi
ePN