11:31 / 29.06.2023
196

Toshkentda YHX xodimlari viloyatga ketuvchi yo‘lovchilarga taksi narxini arzonroq qilib berishmoqda

Toshkentda YHX xodimlari viloyatga ketuvchi yo‘lovchilarga taksi narxini arzonroq qilib berishmoqda

O‘zbekistonda Qurbon hayiti 28 iyun kuni nishonlanishi munosabati bilan xodimlar qatorasiga 5 kun dam oladi. Toshkent shahri mehmonlari va aksar xodimlar bayramni o‘tkazish maqsadida viloyatlarga yo‘l oladi.

Ketuvchilarning ko‘payishi yo‘nalishdagi taksi xizmatlariga yuklama bo‘ladi. Bunday vaziyatda ba’zi haydovchilar tomonidan narxlarni sun’iy oshirish holatlari kuzatiladi.

Bayram arafasida viloyatlarga yo‘l olgan yo‘lovchilarga yordam berish maqsadida Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xodimlari tomonidan tadbir tashkil etildi, deya xabar bermoqda “Daryo”.

Dastlab, Toshkent shahridagi avtovokzallarda YHX xodimlari tomonidan haydovchilarga narxlarni oshirmaslik bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi.

“Hamma mehmonlar uyiga jo‘nab ketadi. Sizlardan iltimosimiz, yo‘lovchilarni har kungidek narx-navoni oshirmasdan olinglar”, — dedi xodimlardan biri.

Xodimlar turli guruhlarga bo‘lingan holda yo‘lda ketolmay turgan yo‘lovchilarga viloyatga ketuvchi taksilarni to‘xtatib, narxlarni kelishishga yordam berishdi.

Bir holatda Samarqand viloyatiga ketayotgan ayolni haydovchi 100 ming so‘mga olib ketishini aytgan. Oraga YPX xodimi aralashib bayram munosabati bilan ayolni 90 ming so‘mga olib ketishini iltimos qiladi. Bunga haydovchi “Xodimni hurmati”, deya ayolni olib ketishga rozi bo‘ldi.

Haydovchilarga yo‘lda shoshilmaslikni, to‘xtab dam olib, charchoq chiqqandan keyin harakatlanish haqida maslahat berildi.

Haydovchilar YHX “xodimlarini iltimosi va hurmati uchun” yo‘lovchilarni arzonroq narxga olib ketishayotganini ta’kidlashdi.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda YHX xodimlari viloyatga ketuvchi yo‘lovchilarga taksi narxini arzonroq qilib berishmoqda
ePN