17:00 / 29.06.2023
187

O‘zbekistonda 2050-yilga borib aholining keksayish surʼatlari o‘sishi kutilmoqda

O‘zbekistonda 2050-yilga borib aholining keksayish surʼatlari o‘sishi kutilmoqda

O‘zbekistonning 2050-yilgacha bo‘lgan davrdagi demografik trendlari prognozi, shuningdek, tug‘ilish omillarini o‘rganish bo‘yicha tanlanma tadqiqot natijalari taqdim etildi. Bu haqda BMT aholishunoslik jamg‘armasining (UNFPA) O‘zbekistondagi vakolatxonasi maʼlum qildi.

Tadqiqot Qoraqalpog‘iston, viloyatlar va Toshkent shahri bo‘yicha UNFPA’ning moliyaviy ko‘magida Chexiyaning Karl universiteti milliy va xalqaro ekspertlaridan tashkil topgan guruh tomonidan ishlab chiqilgan.

Prognozga ko‘ra, O‘zbekiston aholisi yaqin o‘ttiz yil davomida tezkor surʼatlarda o‘sib boradi. Katta ehtimol bilan 2028-yilga borib aholi soni 40 millionga yetadi, 2050-yilgacha esa bu ko‘rsatkichning 50 milliondan ortishi kutilmoqda. Bunda, jami prognozlashtirilayotgan davr mobaynida aholi tug‘ilishining hal qiluvchi tarkibiy qismi tabiiy o‘sishdan iborat bo‘ladi. Aholining tezkor surʼatlarda o‘sishi bilan bir qatorda, barcha yosh tuzilmalarida chuqur o‘zgarishlar yuz beradi. Bunda, aholining keksayish surʼatlari o‘sishi kutilmoqda”, — deyiladi UNFPA axborotida.

Taʼkidlanishicha, prognoz hisob-kitoblarning natijalaridan foydalanish davlat boshqaruvi organlariga milliy va hududiy darajalarda eng samarali qarorlarni qabul qilish imkonini beradi.

Maʼlumot uchun, O‘zbekiston aholisining yillik tabiiy o‘sishi 760 ming kishidan ortmoqda, mamlakat tug‘ilish darajasi bo‘yicha MDHda birinchi o‘rinda qayd etilmoqda.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonda 2050-yilga borib aholining keksayish surʼatlari o‘sishi kutilmoqda
ePN