14:04 / 04.07.2023
138

O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha o‘tish ballari tasdiqlandi

O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha o‘tish ballari tasdiqlandi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining tegishli buyrug‘i bilan 2023-2024 o‘quv yilida xorijiy davlatlardagi oliy ta’lim muassasalari, respublikada faoliyat yuritayotgan nodavlat va xorijiy (filiallar) oliy ta’lim muassasalaridan davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishni ko‘chirish uchun o‘tish ballari tasdiqlandi.

Ushbu o‘tish ballari joriy yilda ham tizimida oliy ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirlik va idoralarning takliflari asosida shakllantirilgan.

Ta’lim sohasida o‘tish bali 94 ballni, san’at - 80, humanitar fanlar (tillardan tashqari) - 94, tillar - 94, ijtimoiy va xulq-atvorga mansub fanlar - 105, jurnalistika va axborot - 105, biznes va boshqaruv - 105, huquq - 140, biologik va turdosh fanlar - 80, atrof-muhit - 94, fizika va tabiiy fanlar - 80 hamda matematika va statistika - 94 ballni tashkil etadi.

Bundan tashqari, axborot-kommunikatsiya texnologiyalar sohasida o‘tish bali 94 ballga teng. Shuningdek, muhandislik ishi - 75, ishlab chiqarish va ishlov berish sohalari - 75, arxitektura va qurilish - 75 ballga teng. Qishloq xo‘jaligi, o‘rmon xo‘jaligi, baliq xo‘jaligi - 70, veterinariya - 60, sog‘liqni saqlash - 129, ijtimoiy ta’minot - 94 ball.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha o‘tish ballari tasdiqlandi
ePN