17:47 / 04.07.2023
75

O‘zbekistonda 18 yoshga to‘lmagan shaxslarga jinoiy javobgarlik yengillashtiriladi

O‘zbekistonda 18 yoshga to‘lmagan shaxslarga jinoiy javobgarlik yengillashtiriladi

Foto: Oliy Majlis Qonunchilik palatasi

Bugun, 4 iyul kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida voyaga yetmaganlarga nisbatan jinoiy javobgarlik yanada liberallashtirilishi munosabati bilan Jinoyat kodeksiga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritishga doir qonun loyihasi ko‘rib chiqildi.

Ma’lum qilinishicha, qonun loyihasi bilan shaxsning voyaga yetmagan davrida sodir etgan jinoyati uchun qonun oldida o‘z jazosini to‘liq o‘tab bo‘lgandan so‘ng, uning oqibatlari kelgusi hayotiga ta’sir qilmasligi va o‘z hayotini yangitdan boshlashi uchun imkoniyat berilishini ta’minlash inobatga olinmoqda.

Qonunchilik palatasi qo‘mita a’zosi Oripov Davronning ta’kidlashicha, voyaga yetmagan shaxs jinoyat sodir etsa, unga bir marta imkon beriladi.

Ya’ni 18 yoshga to‘lguncha sodir etgan jinoyati uchun tayinlangan jazoni o‘tab bo‘lgan shaxs sudlanmagan hisoblanadi. Bundan o‘ta og‘ir jinoyatlar yoki sodir etgan jinoyati uchun tayinlangan jazoni o‘tab bo‘lgandan keyin 18 yoshga yetguncha qasddan yangi jinoyat sodir etish hollari mustasno”, — dedi u.


Foto: Oliy Majlis Qonunchilik palatasi

Qonun bilan voyaga yetmaganlarga nisbatan ozodlikni cheklash hamda ozodlikdan mahrum qilish jazosining eng kam muddati 6 oydan 1 oyga qisqartirilmoqda. Majlisda Jinoyat kodeksiga voyaga yetmaganlar uchun ozodlikni cheklash hamda ozodlikdan mahrum qilish jazolari 1 oydan 2 yilgacha etib o‘zgartirish kiritilishi aytildi.

Majlisda qonun loyihasi deputatlar tomonidan qabul qilindi va Senatga yuborilishi ta’kidlandi.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonda 18 yoshga to‘lmagan shaxslarga jinoiy javobgarlik yengillashtiriladi
ePN