17:53 / 05.07.2023
199

Kredit muammo emas, samara va foyda keltirish lozim

Kredit muammo emas, samara va foyda keltirish lozim

Mamlakatimizda tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash maqsadida tijorat banklari tomonidan turli imtiyozli shartlar asosida kredit mablag‘lari berilmoqda.

Bu imtiyoz va imkoniyatlardan to‘g‘ri foydalanib, yurtimiz ravnaqi va xalqimiz farovonligiga o‘zining halol mehnati bilan hissa qo‘shib, ajratilgan kredit mablag‘larini o‘z vaqtida qaytarayotgan tadbirkorlar ko‘plab uchraydi. Biroq, ayrim bank mijozlari o‘z mas’uliyatini unitib qo‘yilmoqda.

Sud qarorlariga asosan qarzdorlikni undirish Byuro organlarining asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi va bu borada samarali ishlar amalga oshirilmoqda. Misol uchun, Guliston tumanlalaro iktisodiy sudining ijro varaqasiga asosan qarzdor “ASILBEK” MCHJdan undiruvchi AT “Xalkbank” Guliston filiali foydasiga 252 mln. 24 ming so‘m kredit qarzdorligi undirish va undiruvni garov ta’minoti sifatida qo‘yilgan “Yoshlar mehnat guzari" binosiga qaratish to‘g‘risidagi ijro hujjati Byuroning Guliston tumani bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan.

Korxona tomonidan qarzdorlik bartaraf etish choarlari ko‘rilmagani uchun ijro harakatlari davomida, “Yoshlar mehnat guzari" binosi xatlandi va ushbu bino 1 mlrd. 575 mln. so‘m qiymatida elektron-onlayn auksion savdolariga chiqarilishi ta’minlandi.
Bundan tashqari, Byuroning Mirzacho‘l tuman bo‘limi ish yurituviga Fuqarolik ishlari bo‘yicha Jizzax tumanlararo sudining 23.06.2021 yildagi «ILB» ma’suliyat cheklangan jamiyatdan «Ipotekbank» AITB foydasiga 1 mlrd. 160 mln. 490 ming so‘m kredit qarzi undirish bo‘yicha ijro varaqasi 15.03.2023 yilda kelib tushgan.

Davlat ijrochilarining ijro harakatlari natijasida mavjud 1 mlrd. 160 mln.490 ming qarzdorlik jamiyatdan to‘liq undirildi. Misol uchun, Chirchiq tumanlararo sudining ijro varaqasiga asosan qarzdor fuqaroning bankdan olgan krediti evaziga garovga qo‘yilgan ko‘chmas mulki xatlanib, sotilishi natijasida ATIB "Ipotekabank" foydasiga 477 mln. so‘m undirilib, qarzdorlik bartaraf etildi.

Albatta, banklar foydasiga undirilayotgan mablag‘lar tadbirkorlik faoliyatini boshlamoqchi bo‘lgan fuqarolarimizning kreditga bo‘lgan ehtiyojini qondirishga xizmat qiladi.

O‘ktam Negmatov 
Bosh prokuratura huzuridagi
Majburiy ijro byurosining
bo‘lim bosh inspektori


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Kredit muammo emas, samara va foyda keltirish lozim
ePN