15:21 / 06.07.2023
152

Shavkat Mirziyoyev: Bakalavr pedagog kadrlar tayyorlash to‘liq davlat grantiga o‘tkaziladi

Shavkat Mirziyoyev: Bakalavr pedagog kadrlar tayyorlash to‘liq davlat grantiga o‘tkaziladi

Shavkat Mirziyoyev sirdaryolik saylovchilar bilan uchrashuvda ta’lim sohasiga oid rejalari bilan bo‘lishdi.

Nomzodning keltirishicha, pedagogika yo‘nalishidagi oliygohlarni alohida yondashuv asosida yetti yillik rivojlantirish dasturiga ko‘ra, kelgusi o‘quv yilidan:

  • bakalavr pedagog kadrlar tayyorlash to‘liq davlat grantiga o‘tkaziladi;
  • magistraturada esa kvotalar 2 karra oshirilib, to‘liq davlat hisobidan bo‘ladi;
  • kadrlar yetishmaydigan, ta’lim sifati og‘ir maktablar oldindan tanlanib, ular uchun maqsadli davlat buyurtmasi joriy qilinadi.

Bunda buyurtma asosida o‘qishni tamomlagan yoshlarga ushbu maktablarda borib ishlashlari uchun jozibador rag‘batlantirish tizimi yo‘lga qo‘yiladi.

Endi yoshlarimizning maktabda o‘qigan baholarini ham inobatga olish amaliyotini yo‘lga qo‘yamiz. Kelgusi yildan abituriyentlar 3 ta asosiy va 2 ta qo‘shimcha fanni tanlab, test sinovlaridan o‘tadi va uning natijalariga qarab oliygoh, ta’lim yo‘nalishi va ta’lim shaklini tanlash imkoniyatiga ega bo‘ladi”, dedi Mirziyoyev.

Shu bilan birga, avval xorijiy tillardan xalqaro sertifikati bor abituriyentlarga chet tili bo‘yicha imtihon topshirmaslik imtiyozini berilgan bo‘lsa, endi bu imtiyoz matematika, fizika, kimyo va biologiya fanlari bo‘yicha xalqaro tan olingan sertifikati bor yoshlarga ham tatbiq etiladi.

Har yili 5 ming nafar professor-o‘qituvchilarimiz tajriba almashish uchun xorijga yuboriladi. har yili 200 nafar yosh olimlarimizni, keyinchalik oliygohlarga qaytib dars berish sharti bilan, xorijiy ilmiy tashkilotlarda dissertatsiya yoqlashga jo‘natamiz.

Oliygohlarning ilmiy kengashlariga dunyoning nufuzli oliygohlaridan yetakchi professorlarni jalb qilish vaqti keldi. Professor-o‘qituvchilarning o‘quv yuklamasi 25 foizga qisqartiriladi, lekin ish haqi kamaytirilmaydi”, dedi Mirziyoyev

Shuningdek, o‘z yo‘nalishi bo‘yicha xalqaro tan olingan kasbiy sertifikatlarga ega bo‘lgan o‘qituvchilarga qo‘shimcha ustamalar belgilanadi. Bunday sertifikati bor amaliyotchilarga dars berish uchun magistrlik diplomi talab etilmaydi.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Shavkat Mirziyoyev: Bakalavr pedagog kadrlar tayyorlash to‘liq davlat grantiga o‘tkaziladi
ePN