date
views 342

Tomni teshib do‘konga tushgan shaxs qo‘lga tushdi

Tomni teshib do‘konga tushgan shaxs qo‘lga tushdi

Foto: Milliy gvardiya

Joriy yilning 2 iyul kuni soat taxminan 23:32 da Farg‘ona viloyati O‘zbekiston tumani «Qo‘riqlash» bo‘limi Monitoring markaziga Yaypan shaharchasida joylashgan mas’uliyati cheklangan jamiyatga qarashli do‘kondan «tashvish» xabari kelib tushadi.

Voqea joyiga zudlik bilan tezkor harakatlanuvchi guruh yetib borib, do‘konni ko‘zdan kechirish chog‘ida bino tomining teshilganligi hamda ichkarida noma’lum erkak borligi aniqlangan.

Voqea yuzasidan O‘zbekiston tumani IIBga xabar berilgan va gumondor shaxs qo‘lga olingan.

Tergovga qadar o‘tkazilgan tekshiruv davomida qo‘lga olingan shaxs Furqat tumanida yashovchi 30 yoshli T.D. ekanligi ma’lum bo‘lgan.

Hozirda ichki ishlar organlari tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Tomni teshib do‘konga tushgan shaxs qo‘lga tushdi