Soliq tushumlari davlat xazinasi va xalq farovonligi manbai hisoblanadi. Hozirda har bir hududdan undirilgan soliqlar faqat o‘sha hududning ijtimoiy-iqtisodiy rivojiga, aholining ijtimoiy muhofazasiga sarflanadi. Shuning uchun ham mamlakatimizda soliq qonunchiligini buzgan jismoniy va yuridik shaxs¬larga qat’iy javobgarlik choralari belgilangan.
Shunga qaramay, ayrim tadbirkorlar zimmalaridagi majburiyatlarini unutib qo‘yishmoqda.
Xususan, Toshkent shahar Davlat soliq boshqarmasining 05.06.2023 yildagi qaroriga asosan qarzdor “A.F.E.” MCHJdan undiruvchi soliq organi foydasiga 187 mln 448 ming so‘m, shuningdek, “Agro. F.D.” MCHJdan 727 mln 375 ming so‘m soliq qarzini undirish bo‘yicha ijro hujjati yuzasidan Uchtepa tuman bo‘limi tomonidan majburiy ijro harakatlari amalga oshirilib, 04.07.2023 yil kuni davlat ijrochisi tomonidan qarzdorlardan jami 914 mln 823 ming so‘m soliq qarzdorligi undirilib, hujjatning ijrosi ta’minlandi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!