Bokuda bemorning olib tashlanadigan oyog‘i o‘rniga boshqasi amputatsiya qilindi


Ozarbayjonda xatolik tufayli bir oyog‘i olib tashlangan ayolning ikkinchi oyog‘i ham olib tashlanadigan bo‘ldi, deb ma’lum qildi "Kun" nashri
Qand kasalligidan aziyat chekuvchi Tarlan Alievaning chap oyog‘ini olib tashlash kerak bo‘lgan. Ayol Angiologiya va mikrojarrohlik markazida operatsiya qilingan. 82 yoshli ayolning yaqinlari uning chap oyog‘i o‘rniga o‘ng oyog‘i olib tashlangani ko‘rib, esankirab qolishgan. Ushbu holat bo‘yicha Yasamal tumani prokuraturasi Ozarbayjon Jinoyat kodeksining "Ehtiyotsizlik tufayli sog‘liqqa og‘ir ziyon yetkazish" moddasi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atdi. Tegishli ekspertizalar belgilandi.
"Bugun tibbiy mutaxassislar va markaz komissiyasi ishtirokida yig‘ilish bo‘ldi, unda bemorning ikkinchi oyog‘ini ham olib tashlashga qaror qilindi. Bemorning yaqinlari bunga rozi bo‘lishdi. Ertaga bemor yana operatsiya qilinadi", deb aytdi Shemseddinskiy.
Uning aytishicha, operatsiyani uning o‘zi o‘tkazadi.
Alievani operatsiya qilgan jarroh Valex Kerimovning aytishicha, bu "aqlbovar qilmas holat" mexanik xatolik tufayli yuz bergan, "buning ustiga bemorning ikkala oyog‘i ham amputatsiya qilinishi kerak bo‘lgan".































Izohlar 0
…