
O‘zbekistonning amaldagi prezidenti, Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati — O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyev 9-iyul kuni saylovda ovoz berdi.
U Toshkent shahridagi 59-saylov uchastkasiga oila a’zolari bilan birga tashrif buyurdi.









Maʼlumot uchun, to‘rt nafar nomzod prezidentlik uchun kurashmoqda. Ular — Xalq demokratik partiyasidan Ulug‘bek Inoyatov, O‘zLiDePdan Shavkat Mirziyoyev, “Adolat” partiyasidan Robaxon Mahmudova hamda Ekopartiyadan Abdushukur Hamzayev. Saylovda g‘olib bo‘lgan nomzod prezidentlikka 7 yilga saylanadi. Bu haqda yangilangan Konstitutsiyada belgilab qo‘yilgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar