11:41 / 10.07.2023
243

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston prezidentligiga qayta saylandi

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston prezidentligiga qayta saylandi

Foto: Prezident matbuot xizmati

Markaziy saylov komissiyasi O‘zbekistonda 9 iyul kuni bo‘lib o‘tgan navbatdan tashqari prezidentlik saylovining dastlabki natijalarini ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, prezident saylovida 15,6 mln kishi, ya’ni saylovchilarning 79,8 foizi ovoz bergan.

Shavkat Mirziyoyevga 13 mln 625 mingdan ortiq saylovchi (87,5 foiz) ovoz bergan va mamlakat prezidentligiga qayta saylangan. MSK raisi rasman Shavkat Mirziyoyevni O‘zbekiston prezidenti etib saylangani bilan tabrikladi.

Dastlabki natijalar:

  • O‘zLiDePdan nomzod Shavkat Mirziyoyev — 87,5 foiz;
  • XDPdan nomzod Ulug‘bek Inoyatov — 4,02 foiz;
  • «Adolat» SDPdan nomzod Robaxon Mahmudova — 4,43 foiz;
  • Ekopartiyadan nomzod Abdushukur Hamzayev — 3,74 foiz.

O‘zbekistonda navbatdan tashqari prezidentlik saylovi aprel oyida Konstitutsiyaga o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha o‘tkazilgan referendumdan keyin belgilangandi, yangilangan Konstitutsiyaga ko‘ra, prezident vakolatlari besh yildan yetti yilga uzaytirilgandi.

Bundan tashqari, o‘zgarishlarga ko‘ra, O‘zbekistonni 2016 yildan buyon boshqarib kelayotgan Shavkat Mirziyoyevning prezidentlik muddati nollashtirilgandi. Shunga ko‘ra, u 2030 yilgi prezidentlik saylovlarida ham o‘z nomzodini ilgari surishi mumkin bo‘ladi.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston prezidentligiga qayta saylandi
ePN