19:45 / 13.07.2023
328

Bandixonning prokurori intizomiy jazoga tortildi

Bandixonning prokurori intizomiy jazoga tortildi

Bosh prokuratura «Mushtum» jurnali telegram sahifasida ketma-ket 3 marta e’lon qilgan Surxondaryo viloyati Bandixon tumani prokurori Soatmurod Mahmanovga tegishli haqoratli suhbatlar audiosidan va joriy yil 12 iyuldagi murojaatnomasidan so‘ng rasmiy munosabatini e’lon qildi.

«Surxondaryo viloyati prokuraturasi tomonidan Bandixon tuman prokurori S. Maxmanovning hatti-harakatlari yuzasidan tekshirish o‘tkazildi. Tekshirish natijasiga ko‘ra, Bandixon tumani prokuroriga nisbatan intizomiy jazo qo‘llanildi», – deyiladi Bosh prokuratura Matbuot xizmati xabarida.

Bundan oldinroq, 2023 yil 20 iyun kuni viloyat prokuraturasi audioyozuvlarning haqiqatda Bandixon tumani prokuroriga tegishliligini tasdiqlagan edi.

«Mushtum» jurnalining yozishicha, prokuror Soatmurod Maxmanov mahalla raislarini beposhna so‘zlar bilan haqorat qilgan, kamsitgan va faoliyatlariga taalluqli bo‘lmagan ishga – aholidan soliq to‘lovlarini undirish vazifasini bajarishga majburlagan.

Shuningdek, jurnal 12 iyul kuni bandixonlik fermer 2023 yil 7 iyul kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda 50-60 kishining ko‘z o‘ngida avval haqoratlanib, so‘ngra kaltaklanganini iddao qilgan videoni ham tarqatgan edi.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Bandixonning prokurori intizomiy jazoga tortildi
ePN