Foto: Buxoro viloyat FVB axborot xizmati
Buxoro viloyatida harakatlanib ketayotgan “Volvo” rusumli mini ekskavator yonib ketdi. Bu haqda viloyat FVB axborot xizmati xabar berdi.
Unga ko‘ra, holat 13 iyul kuni soat 19:49 da Buxoro shahar, Zulfiya ko‘chasida sodir bo‘lgan. 2 ta yong‘in qutqaruv avtoekipajlari jalb etildi. Voqea joyiga ekipaj soat 19:51da etib borib, yong‘in soat 19:58 da batamom o‘chirilgan. Yong‘in oqibatida mini ekskavatorning dvigateli va salon qismi yongan.
Yong‘inning taxminiy sababi: elektr simlarining qisqa tutashuvi. Yong‘in oqibatida fuqarolarning kuyish va halok bo‘lish holatlari qayd etilmadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar