12:42 / 14.07.2023
403

«Endi barchasi o‘zgaradi, vaziyat o‘zgaradi» — Shavkat Mirziyoyev

«Endi barchasi o‘zgaradi, vaziyat o‘zgaradi» — Shavkat Mirziyoyev

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident islohotlarning ta’sirchanligi va bardavomligini ta’minlash uchun uchrashi mumkin bo‘lgan barcha xavf-xatar, to‘siq va g‘ovlarni hisobga olish va ulardan talafotsiz o‘tish choralarini ko‘rish zarurligini ta’kidladi.

«Barchamiz birgalikda kelajakka ishonch bilan intilib, butun diqqat-e’tiborimizni oldimizda turgan vazifalarni hal etishga qaratishimiz, xalqimiz kutayotgan, davrning o‘zi talab etayotgan yangi g‘oya va tashabbuslarni ilgari surishimiz lozim.

Biz o‘tmishdan, kechagi tariximizdan, yo‘l qo‘ygan xato va kamchiliklarimizdan zarur xulosalar chiqarib, O‘zbekistonimizning dunyodagi o‘rni va nufuzini yanada yuksaltirishimiz, Vatanimiz shuhrati va shon-sharafini hamma jabhalarda munosib va mardona himoya qilishimiz kerak.

Nega deganda, bugungi keskin raqobat olamida kechagi mezon va yondashuvlar bilan rivojlanib  bo‘lmaydi.  Bugungi zamon – bu kechagi zamon emas.

Shu bois, har bir imkoniyatdan oqilona foydalanib, har  qanday muammoni aql bilan, ilm bilan hal qilishimiz, turli sinovlarni xalqimiz bilan bamaslahat, og‘ir-vazmin bo‘lib yengib o‘tishimiz kerak.

Parlamentimiz, hukumatimiz, vazirlik va idoralar, mahalliy hokimliklar o‘zlarining kelgusi faoliyatlarini mana shu omillarning barchasini inobatga olgan holda tashkil etishlari zarur.

Endi barcha soha va tarmoqlarda tizim o‘zgaradi, vaziyat o‘zgaradi, samaradorlik o‘zgaradi», deb ta’kidladi Prezident so‘zining davomida.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » «Endi barchasi o‘zgaradi, vaziyat o‘zgaradi» — Shavkat Mirziyoyev
ePN