"Yilning eng faol jurnalisti" Respublika ko‘rik-tanlovi g‘oliblariga mukofotlar topshirildi

Habaringiz bor har yili 27 iyun mamlakatimizda Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni sifatida keng nishonlanadi. Ushbu sanada jurnalistika sohasida faol ijod qilayotgan qalamkashlarni munosib taqdirlash an’anaga aylangan. Milliy matbuotimiz rivoji yo‘lida fidoyilik bilan mehnat qilayotgan ko‘plab xamkasblarimiz har yili Prezidentimizning farmoniga binoan Vatanimizning yuksak unvon va mukofotlari, orden va medallari bilan taqdirlanadi. Bugun ham ana shu bayram munosabati bilan bir guruh ijod ahli munosib mukofotlandi.

O‘zbek milliy akademik drama teatrida tashkil etilgan tantanali marosim ushbu sanaga bag‘ishlab o‘tkazildi. Unga vazirlik va idoralar, jamoat tashkilotlarining vakillari, ommaviy axborot vositalari xodimlari, noshirlar, matbaachilar, faxriy jurnalistlar, oliy o‘quv yurtlari jurnalistika fakultetlarining professor-o‘qituvchilari taklif etildi.Tadbir avvalida davlatimiz rahbarining matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlarga yo‘llagan tabrigini Davlat maslahatchisi Xayriddin Sultonov o‘qib eshittirdi.
Shundan so‘ng so‘zga chiqqanlar mamlakatimizda ommaviy axborot vositalarini rivojlantirish, milliy matbuotimizning ta’sirchanligini oshirishga qaratilayotgan e’tibor xususida to‘xtalib o‘tishdi. So‘nggi yillarda amalga oshirilgan sa’y-harakatlar natijasida yurtimizda ommaviy axborot vositalari soni, sifat va tarkib jihatdan yuksalayotganligini ko‘rish mumkin. Ma’lumotlarga ko‘ra, bugungi kunda mamlakatimizda 1400 dan ortiq OAV faoliyat olib bormokda. Ulardan 700 ga yaqini gazeta 300 tasi jurnal 65 ta televidenie, 31 ta radio, 360 ga yaqini veb saytlardan iborat.
Xullas ushbu soha jadallik bilan rivojlanib borayotganini hisobga oladigan bo‘lsak, bugungi kun jurnalistikasi xalqaro talablarga javob bera olishiga guvoh bo‘lamiz. O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi tomonidan an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan "Yilning eng faol jurnalisti" respublika ko‘rik-tanlovida matbuot, radio-televidenie va internet yo‘nalishida faoliyat olib borayotgan 200dan ortiq jurnalist 5000 ga yaqin ijodiy ishi bilan qatnashdi.Tashkilotchilarning aytishicha bu yilgi tanlov g‘oliblarini aniqlash o‘tgan yillarga qaraganda bir oz qiyin kechdi. Chunki tanlovga taqdim etilgan materiallarning aksariyati mukofotga loyiq bo‘lib, ularning soni ham avvalgi yillardan bir muncha ko‘p bo‘ldi.
Tantanali yig‘ilishda Madaniyat va sport ishlari vazirligi ham ommaviy sport targ‘iboti bo‘yicha alohida faollik ko‘rsatgan jurnalistlarni qimmatli sovgalar bilan taqdirladi. Bayram so‘nggida O‘zbek Milliy akademik drama teatri san’atkorlari OAV xodimlari uchun sovg‘a sifatida “Kuzgi maktublar”spektaklini namoyish etdilar.
manbaa: news.uzreport.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing