11:11 / 15.07.2023
55

O‘qishga kirish uchun ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar soni 540 mingdan oshdi

O‘qishga kirish uchun ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar soni 540 mingdan oshdi

2023/2024-o‘quv yili uchun ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar soni haqida ma’lumot berildi. Jumladan 2023 yil 14 iyul holatiga ko‘ra, oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga o‘qishga kirish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar soni 540 909 nafarga yetdi.

Abituriyentlarning ta’lim tili bo‘yicha taqsimoti:

  • o‘zbek tili  — 468 462 nafar;
  • rus tili  — 57 351 nafar;
  • qoraqalpoq tili  — 13 509 nafar;
  • boshqa tillar — 1 587 nafar.

Abituriyentlarning ta’lim shakllari bo‘yicha taqsimoti (birinchi ta’lim yo‘nalishiga nisbatan):

  • kunduzgi ta’lim shakli — 357 529 nafar;
  • kechki ta’lim shakli — 13 686 nafar;
  • sirtqi ta’lim shakli — 165 923 nafar;
  • masofaviy ta’lim shakli — 3 771 nafar.

Eng ko‘p abituriyent ro‘yxatdan o‘tgan OTM (birinchi ta’lim yo‘nalishiga nisbatan):

  • O‘zbekiston milliy universiteti — 21 151 nafar;
  • Farg‘ona davlat universiteti — 16 386 nafar;
  • Toshkent axborot texnologiyalari universiteti — 16 370 nafar;
  • Toshkent davlat pedagogika universiteti — 16 295 nafar;
  • Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti — 15 913 nafar.

Abituriyentlarning doimiy yashash hududi bo‘yicha birinchi 5 talik:

  • Samarqand viloyati — 63 142 nafar;
  • Qashqadaryo viloyati — 60 697 nafar;
  • Farg‘ona viloyati — 51 029 nafar;
  • Toshkent viloyati — 48 348 nafar;
  • Andijon viloyati — 45 371 nafar.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘qishga kirish uchun ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar soni 540 mingdan oshdi
ePN