18:00 / 17.07.2023
241

Mehnat daftarchasi xodimning mehnat stajini tasdiqlovchi asosiy hujjatdir!

Mehnat daftarchasi xodimning mehnat stajini tasdiqlovchi asosiy hujjatdir!

Mamlakatimizda inson huquq va manfaatlari davlatimiz tomonidan qonuniy himoya qilib kelinmoqda. Konstitutsiyamizda har bir shaxs mehnat qilish, erkin kasb tanlash, adolatli mehnat sharoitlarida ishlash, mehnatiga yarasha ish haqi olish va qonunda ko‘rsatilgan tartibda ishsizlikdan himoyalanish huquqiga ega ekanligi alohida ta’kidlangan.

Qonunchiligimizga ko‘ra, mehnat shartnomasi bekor qilingan kuni ish beruvchi xodimga uning mehnat daftarchasini va mehnat shartnomasining bekor qilinishi haqidagi buyruqning nusxasini berishi shartligi belgilab qo‘yilgan.

Biroq, ayrim ish beruvchilar tomonidan xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qilishsa-da, xodimga tegishli tartibda uning mehnat daftarchasini bermaslik holatlari uchraydi.

Bu esa o‘z navbatida, xodim sudga majburiy progul vaqti uchun ish haqini undirib berish to‘g‘risida murojaat qilishiga sabab bo‘ladi.

Majburiy ijro byurosi Navoiy viloyat boshqarmasi va tuman-shahar bo‘limlari tomonidan ish haqini undirish to‘g‘risidagi ijro hujjatlarini ijrosini o‘z vaqtida ta’minlash, ayniqsa fuqarolarning buzilgan huquqlarini tiklash borasida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Misol uchun, Navoiy viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay’atining 10.05.2023 yildagi “N.”AJdan  fuqaro Sh.I foydasiga mehnat daftarchasini berish kechiktirilganligi oqibatida kelib chiqqan majburiy progul vaqti uchun 62 mln. so‘m ish haqi undirish haqidagi ijro hujjati yuzasidan Byuroning Uchquduq tuman bo‘limi tomonidan ijro harakatlari olib borildi.

Olib borilgan ijro harakatlari davomida 62 mln. so‘mlik ish haqi to‘liq undirilishi ta’minlanib, fuqaroning huquqlari tiklanishiga erishildi.

Xulosa qilib aytganda, ish beruvchi xodim bilan mehnat munosabatlariga kirishar ekan, ular mehnat munosabatlarini tartibga soluvchi qonun hujjatlari talablariga rioya etishlari zarur.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Mehnat daftarchasi xodimning mehnat stajini tasdiqlovchi asosiy hujjatdir!
ePN