
Ertaga, 20 iyuldan boshlab Uzbekistan Airways kompaniyasi Toshkent – Samarqand – Toshkent yo‘nalishi kunlik muntazam pazvozlarni yo‘lga qo‘ymoqda.
Parvozlar quyidagi jadvalga muvofiq amalga oshiriladi:
- HY-1001 Toshkent — Smarqand 8:30 — 9:55;
- HY-1002 Samarqand — Toshkent 10:55 - 12:20.
Toshkent - Samarqand yo‘nalishi bo‘yicha aviachiptalar narxi: 104 000 so‘mdan boshlanadi. Toshkent - Samarqand - Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha aviachiptalar narxi: 182 000 so‘mdan boshlanadi.
Yangi samolyot
Parvozlar Chexiyaning LET Aircraft Industries kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan ikkita L-410 samolyotlarida amalga oshiriladi. Samolyotlar 19 nafar yo‘lovchi yoki 1800 kg yuk tashishi mumkin.
L-410 o‘zining ishonchliligi, xavfsizligi va ekstremal iqlim sharoitida ishlash xususiyatlari bilan tanilgan. Ushbu turdagi samolyotlar besh qit’aning 60 dan ortiq mamlakatlarida uzoq yillar davomida foydalanib kelinmoqda.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.