16:20 / 21.07.2023
87

Jazoni o‘tab chiqqan shaxslarni ishga olganlarga subsidiya beriladi

Jazoni o‘tab chiqqan shaxslarni ishga olganlarga subsidiya beriladi

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi “Aholining ijtimoiy muhofazaga muhtoj ayrim toifalarini qo‘llab-quvvatlash va ularning bandligiga ko‘maklashish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori loyihasini e’lon qildi.

Hujjatga ko‘ra, 2023-yil 1-noyabrdan 2025-yil 1-yanvarga qadar tadbirkorlik subyektlariga ishga qabul qilgan jazoni ijro etish muassasalaridan ozod etilgan har bir shaxs uchun Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan BHMning 3 baravari (990 ming so‘m) miqdorida bir martalik subsidiya ajratilishi tartibi joriy etiladi.

Bunda subsidiya, ishga joylashtirilgan shaxs ish joyida kamida 3 oydan ortiq muddatda mehnat faoliyatini davom ettirgandan so‘ng to‘lanadi.

Ichki ishlar organlari tomonidan fuqaro jazoni ijro etish muassasalaridan ozod etilgani to‘g‘risidagi maʼlumotni mehnat organlariga taqdim etib boriladi.

Shuningdek, jazoni ijro etish muassasalaridan ozod etilgan shaxslarning bandlik holatini doimiy monitoring qilib borish tizimi joriy qilinadi. Bunda ularning bandlik holatini real vaqt rejimida aniqlash imkoniyati yaratiladi.

Ushbu hujjat loyihasi muhokamasi 4-avgustgacha davom etadi.

O‘zbekistonda ozodlikdan mahrum etish jazosini o‘tab bo‘lgan fuqarolarga yordam puli ham beriladi. Yordam puli har bir ko‘mak oluvchiga uning ijtimoiy moslashuviga ko‘maklashish uchun tadbirkorlik, me’morchilik, hunarmandchilik kabi yo‘nalishlardagi loyihalarini amalga oshirish uchun bir marta beriladi.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Jazoni o‘tab chiqqan shaxslarni ishga olganlarga subsidiya beriladi
ePN