10:50 / 22.07.2023
62

Oksford universitetida o‘zbek tili kursi ochiladi

Oksford universitetida o‘zbek tili kursi ochiladi

Foto: yuz.uz

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetiga Oksford universiteti Sharqshunoslik fakulteti dekani o‘rinbosari, professor Zeyneb Yurakli boshchiligida bir guruh turkolog professorlardan iborat delegatsiya tashrif buyurdi.

Mehmonlarga universitet faoliyati yaqindan tanishtirilib, o‘zbek mumtoz adabiyoti namoyandalari, uyg‘onish davri adabiyotining ijodkorlari, olim-u fuzalolari, ularning asarlari haqida ma’lumotlar berildi. Muassasaning o‘zbek tili va madaniyatini targ‘ib etishdagi ishlari, «O‘zbek maktabi» faoliyati mehmonlarda katta qiziqish uyg‘otdi.

So‘ng o‘tkazilgan uchrashuvda Oksford universitetida o‘zbek tili kursini ochish va uni metodik qo‘llab-quvvatlash masalasi muhokama etildi.

Tomonlar shu yil dekabr oyida Oksford universiteti rasmiy delegatsiyasining tashrifi doirasida hamkorlik memorandumini imzolashga kelishib oldi.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Oksford universitetida o‘zbek tili kursi ochiladi
ePN