14:09 / 26.07.2023
215

Farg‘onada xususiy universitetlardan birining litsenziyasi bekor qilindi

Farg‘onada xususiy universitetlardan birining litsenziyasi bekor qilindi

Foto: Valley Innovative University

Farg‘ona tumanlararo iqtisodiy sudining 2023 yil 17 iyuldagi hal qiluv qarori bilan Valley Innovative University mas’uliyati cheklangan jamiyatiga 2022 yil 13 dekabrda nodavlat ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish faoliyati uchun berilgan litsenziya bekor qilindi. 

Bunga oliy ta’lim tashkiloti faoliyatida aniqlangan qo‘pol qoidabuzarliklar sabab bo‘lgani aytilmoqda. 

Jumladan,

- oliy ta’lim tashkilotining litsenziyada ko‘rsatilgan foydalanish uchun ajratilgan bino-inshootlari muassislarga mulk huquqi yoki ijara shartnomasi asosida tegishli ekanini tasdiqlovchi hujjatlar mavjud emas;

- Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining HEMIS axborot tizimiga ta’lim oluvchilar va pedagog xodimlar to‘g‘risida to‘g‘ri va to‘liq ma’lumotlar kiritilmagan;

- vakolatli davlat organi bilan kelishilgan holda yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bilan shug‘ullanadigan rektor maslahatchisi shtat birligi joriy etilmagan;

- ta’lim tashkilotining bankdagi hisob varag‘ida 150 ming AQSH dollari yoki shu miqdor ekvivalentdagi mablag‘ mavjud emas;

- 60 ta kompyuter texnikasi bilan jihozlangan elektron kutubxona va 20 ta kompyuter texnikasi, skaner va nusxa ko‘chirish apparati bilan jihozlangan axborot-resurs markazi tashkil etilmagan;

- ta’lim oluvchilar har bir fandan o‘quv adabiyotlari (darsliklar, o‘quv qo‘llanmalari) bilan ta’minlanmagan.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Farg‘onada xususiy universitetlardan birining litsenziyasi bekor qilindi
ePN