Sud qarori bilan uydan chiqarish va kiritish ijro ishlari davlat ijrochilari uchun murakkab toifadagi ishlar toifasiga kiradi. bunda har doim ham tomonlarni murosaga keltirish, ayniqsa javobgar tomonni uydan chiqarish masalasi keskin vaziyatda o‘tishi mumkin.
Misol uchun, fuqarolik ishlari bo‘yicha Shayxontohur tumanlararo sudining ijro varaqasiga asosan undiruvchi F.Yakubov foydasiga qarzdor G.Primkulovani oila a’zolari bilan Toshkent shahar Olmazor tuman Nurafshon ko‘chasidagi xonadonlarning biridan majburiy tartibda ko‘chirish to‘g‘risida ijro varaqa kelib tushgan.
28.10.2022 yilda ijro ishi qo‘zg‘atish to‘g‘risida qaror qabul qilingan va shu kunga ijro ishini amalga oshirish taraflarga Pochta aloqasi orqali ma’lumot uchun yuborilgan.
Qarzdor tomonidan 04.11.2022 yilda O‘zbekiston respublikasi Oliy sudi tomonidan mazkur fuqarolik ishi yuzasidan kassatsiya shikoyati o‘rganib chiqilgunga qadar ijroni to‘xtatish uchun ma’lumotnoma taqdim qilingan.
Shuningdek, 28.12.2022 yilda ijro harakatlarini davom ettirish to‘g‘risida ma’lumot kelib tushgan va 29.12.2022 yilda taraflarga ijroni ta’minlash maqsadida xabarnomalar berilgan.
Qarzdor tomonidan to‘xtatish haqida ma’lumotnoma taqdim qilingan. Xuddi shuningdek 13.03.2023 yilda hamda takroran ijroni to‘xtatib turish haqida ma’lumotnoma taqdim qilingan. Undiruvchi tomonidan 15.06.2023 yildagi ajrimga asosan ijroni davom ettirish to‘g‘risida ma’lumot kelib tushgan 17.07.2023 yilda ijro harakatlarini amalga oshirish uchun 26.07.2023 yil kunga tayinlandi ijro harakatlari davomida undiruvchi va qarzdorlar o‘zaro kelishib olishga kelishib olindi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!