16:45 / 28.07.2023
62

Prezident: Yagona maqsadimiz – adolat va qonun ustuvorligini ta’minlash orqali xalqimizni rozi qilish

Prezident: Yagona maqsadimiz – adolat va qonun ustuvorligini ta’minlash orqali xalqimizni rozi qilish

Foto: Prezident matbuot xizmati
Farg‘ona shahrida Ichki ishlar vazirligining kengaytirilgan hay’at yig‘ilishi bo‘lib o‘tyapti. Unda prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirok etyapti.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Ichki ishlar vazirligining kengaytirilgan hay’at yig‘ilishida huquq-tartibot sohasidagi ishlar ahvolini tahlil qilib, kelgusidagi vazifalarni belgilab beryapti.

“Biz islohotlarimizning ilk kunlaridanoq inson qadrini ulug‘lashni eng oliy qadriyat sifatida e’tirof etdik va bu borada katta o‘zgarishlarni boshladik. Yangi O‘zbekiston, bu – huquqiy davlat ekanligini yangilangan Konstitutsiyamizda ham muhrlab qo‘ydik. Yagona maqsadimiz – adolat va qonun ustuvorligini ta’minlash orqali xalqimizni rozi qilishdan iborat”, - dedi davlat rahbari so‘zining avvalida.

Birgina oxirgi ikki yil ichida huquq-tartibot faoliyatiga oid 10 ta qonun, 40 ga yaqin Prezident farmon va qarorlari, 60 dan ortiq hukumat qarorlari qabul qilingani qayd etildi.

Huquq-tartibot organlari, ayniqsa ichki ishlar xodimlarining oylik maoshi keskin oshirildi va ko‘plab imtiyozlar berildi.

Bevosita “mahalladagi beshlik” uchun 30 mingdan ortiq yangi shtatlar kiritildi.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Prezident: Yagona maqsadimiz – adolat va qonun ustuvorligini ta’minlash orqali xalqimizni rozi qilish
ePN