Yo‘lovchilarga ko‘rsatilayotgan transport xizmatlari sifatini oshirish maqsadida, 2023 yil 3-15 avgust kunlaridan boshlab, bosqichma-bosqich 11 ta avtobus yo‘nalishlarida yangi turdagi harakat tarkiblari faoliyati yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda «Toshshahartransxizmat» AJ axborot xizmati ma’lum qildi.
Quyidagi yo‘nalishlarda yangi turdagi avtobus harakatlari yo‘lga qo‘yiladi:
?12-sonli avtobus yo‘nalishiga 14 dona «Yutong CNG» rusumli;
?74-sonli avtobus yo‘nalishiga 7 dona «Yutong CNG» rusumli;
?88-sonli avtobus yo‘nalishiga 13 dona «King Long» rusumli;
?120-sonli avtobus yo‘nalishiga 11 dona «Mercedes-Benz» rusumli;
?91-sonli avtobus yo‘nalishiga 13 dona «Yutong» rusumli elektobus;
?97-sonli avtobus yo‘nalishiga 8 dona «Yutong» rusumli elektobus;
?118-sonli avtobus yo‘nalishiga 14 dona «Yutong CNG» rusumli;
?42-sonli avtobus yo‘nalishiga 10 dona «MAN» rusumli;
?54-sonli avtobus yo‘nalishiga 9 dona «MAN» rusumli;
?66-sonli avtobus yo‘nalishiga 8 dona «MAN» rusumli;
?174-sonli avtobus yo‘nalishiga 9 dona «Mercedes-Benz» rusumli.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!