22:33 / 01.08.2023
257

Qarzini to‘laganida “TRACKER” xatlanmas edi

Qarzini to‘laganida “TRACKER” xatlanmas edi

Odatda, bir qancha yugur-yugurlar bilan zarur hujjatlarni jamlab, shartnoma asosida bank va boshqa kredit tashkilotlaridan kerakli mablag‘ni olamiz. Lekin, kreditni qaytarishga kelganda esa...

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Marg‘ilon tumanlararo sudining 16.03.2023 yildagi ijro hujjatiga asosan javobgar G‘S.dan ATB “Kapitalbank” Farg‘ona filiali foydasiga 164.000.000 so‘m undirish haqidagi ijro hujjati yuzasidan byuroning Marg‘ilon shahar bo‘limi tomonidan ijro harakatlari olib borilib, qarzdorga bank oldidagi majburiyatini bajarishi uchun ixtiyoriy muddat berilgan.

Lekin, undiruvchi G‘.S. ixtiyoriy muddat ichida sud qarorini bajarishni chorasini ko‘rmaganligi uchun, undiruv garov mulki bo‘lgan “TRACKER” rusumli avtotransport vositasiga qaratilgan va avtomashinaga qidiruv e’lon qilingan.

Bundan tashqari, qarzdor Q.S.ning tomonidan 13 marta yo‘l harakati qoidalarini buzganligi uchun Farg‘ona viloyati IIB YHXB tomonidan unga nisbatan jami 7,6 mln. so‘mlik ma’muriy jarimalar qo‘llash haqidagi ijro hujjatlari byuro tomonidan majburiy ijroga qaratilgan.

Byuro tomonidan olib borilgan majburiy ijro harakatlari davomida, joriy yilning 29iyul kuni garov mulki bo‘lgan “TRACKER” rusumli avtotransport vositasini turgan manzili aniqlanib, xatlandi va jarima maydoniga olib kirildi.

Hozirda “TRACKER” avtomashinasini auksion savdoga qo‘yish choralari ko‘rilmoqda, qarzdorni mavjud kredit qarzini va ma’muriy jarimalarni to‘lovini amalga oshirishini kutib qolamiz.


arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat