date
views 151

Tabiiy resurslardan noqonuniy foydalanish holatlari fosh etilmoqda

Tabiiy resurslardan noqonuniy foydalanish holatlari fosh etilmoqda

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Navoiy viloyat boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “X.M.» fermer xo‘jaligi mas’ul shaxslari “Zarbdor” MFYdagi yer maydonida o‘rnatilgan suv nasosni hech qanday hujjatsiz umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga o‘g‘rilik yo‘li bilan ulab, jami 109,1 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib kelganliklari aniqlagan.

Shu kabi, Departamentning Toyloq tuman bo‘limi tomonidan “O‘zenergoinspeksiya” Samarqand viloyat hududiy bo‘limi xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvlarda “G.V.» fermer xo‘jaligi mas’ul shaxslari hamda YATT B.Sh. suv nasosi, yoritgich va savdo do‘koni binosini hech qanday hujjatsiz umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga o‘g‘rilik yo‘li bilan ulab, jami 92,2 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib kelganliklari aniqlagan.

Departamentning Yangi Namangan tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda esa, “B.R.» MCHJ rahbari B.A. ishlab chiqarish sexini umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga o‘g‘rilik yo‘li bilan ulab, jami 31,7 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi, shuningdek tuman  ETK sobiq muhandisi B.A. va inspektori J.A. ushbu sexga elektr hisoblagich o‘rnatib berish evaziga MCHJ rahbari B.A.ning 300 AQSH dollari hamda 1,1 mln so‘mini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritganliklari aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) va 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat