Amaldagi tartibga ko‘ra, noqonuniy qurilma belgilangan o‘lchamdan chetga chiqqanligi sababli qurilish normalariga zid bo‘ladi. Qolaversa, fuqarolarning huquqlarini buzilishiga olib keladi. Aynan mana shu borada sudning qarori bilan chiqarilgan o‘zboshimchalik bilan qurilgan bino, inshootlar, devorlar yoki ko‘chalarni buzish yuzasidan Byuro organlari tomonidan majburiy ijro harakatlari olib borilmoqda.
Kuni kecha Byuroning Namangan shahar bo‘limi tomonidan olib borilgan navbatdagi ijro harakatlari davomida o‘zboshimchalik bilan qurilgan inshoot majburiy tartibda buzdirildi.
Aniqlanishicha, fuqarolik ishlari bo‘yicha Namangan tumanlararo sudining 2023 yil 23 may kunidagi hal qiluv qaroriga ko‘ra da’vogor D.Mo‘minova foydasiga javobgar I.Rahmonovga nisbatan o‘zboshimchalik bilan qurilgan qurilmalarni buzdirish va yer uchastkasini noqonuniy egalligidan olib berish ko‘rsatib o‘tilgan. Mazkur hujjat Byuroning Namangan shahar bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan hamda davlat ijrochisi tomonidan ish qo‘zg‘atilgan. Qarzdorga ixtiyoriy muddat berilgan.
Biroq, turli bahonalarni ro‘kach qilib, o‘zboshimchalik bilan qurilgan inshootni buzmagan. Shu bois, hujjat ijrosini ta’minlash maqsadida majburiy ijro harakatlari belgilandi.
Joriy yilning 1 avgust tegishli tashkilotlar hamkorligida o‘tkazilgan tadbir davomida dav’vogor foydasiga chiqarilgan hujjat ijrosini ta’minlandi.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring