Mamlakatimizda aholini ijtimoiy himoya qilish, uning turmush farovonligi va real daromadlarini oshirish muhim masala bo‘lib turgan bir vaqtda, ayrim korxona va tashkilotlar tomonidan xodimlar ish haqi o‘z vaqtida to‘lanmasdan sudgacha borishi achinarli holatdir.
Xususan, Fuqarolik ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudining ijro varaqasiga asosan qarzdor bank muassasasidan 2 nafar undiruvchilar foydasiga jami 1,2 mlrd so‘m oylik ish haqlarini undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati yuzasidan Byuroning Chilonzor tuman bo‘limi davlat ijrochisi A.Xodjayev tomonidan olib borilgan majburiy ijro harakatlari natijasida oylik ish haqlari to‘liq undirilib, ijro hujjati tamomlandi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar