date
views 232

Toshkentda MCHJ rahbarlari mashina olib berish bahonasida 138 kishini "chuv tushirdi"

Toshkentda MCHJ rahbarlari mashina olib berish bahonasida 138 kishini "chuv tushirdi"

Toshkent shahrida juda ko‘p miqdordagi noqonuniy topilgan mablag‘larni legallashtirish holatlari aniqlandi, deb xabar beradi Bosh prokuratura huzuridagi departament.

Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan tergovga qadar tekshiruvlar o‘tkazilgan. Tekshiruvda fuqaro U.P. va boshqalar 2022-yilda “I.A.” va “A.A.” MCHJni tashkil etib, 188 nafar fuqaroga muddatli to‘lov asosida avtomashina yetkazib berish bo‘yicha lizing shartnomasi asosida jami 9,8 milliard so‘mini dastlabki to‘lov sifatida qabul qilgani aniqlangan. Ular shundan 138 nafar fuqaroga avtomashina olib bermasdan, mijozlarning jami 946,2 million so‘mini plastik kartalariga o‘tkazib, naqdlashtirib olgan.

Xuddi shunday, “S.R.” MCHJ masʼul shaxslari 98 nafar fuqaro bilan muddatli to‘lov asosida avtomashina yetkazib berish bo‘yicha tuzilgan lizing shartnomasi asosida jami 4,7 milliard so‘mini dastlabki to‘lov sifatida qabul qilib, shundan 1,5 milliard so‘mini MCHJni norasmiy boshqarib kelgan N.T. va boshqalarning plastik kartalariga o‘tkazib naqdlashtirgan. Shuningdek, ular 462 million so‘mni “R.A.” MCHJning nizom jamg‘armasini shakllantirish uchun o‘tkazib, jinoiy yo‘l bilan topilgan daromadlarini legallashtirgan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 188-1-moddasi (pul mablag‘larini va (yoki) boshqa mol-mulkni jalb etishga doir noqonuniy faoliyat) va 243-moddasi (jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda MCHJ rahbarlari mashina olib berish bahonasida 138 kishini "chuv tushirdi"