date
views 773

Surxondaryoda hokim bilan bahslashgan maktab direktorining qamalish sabablari ma’lum bo‘ldi

Surxondaryoda hokim bilan bahslashgan maktab direktorining qamalish sabablari ma’lum bo‘ldi
Foto: Videodan kadr

26 iyul kuni o‘tkazilgan yig‘ilishda Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov bilan tortishgan Sariosiyo tumanidagi 28-sonli maktab direktori Umida Tursunova Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning bir necha moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Oliy sud xabariga ko‘ra, jinoyat ishlari bo‘yicha Uzun tuman sudining 2023 yil 26 iyuldagi qarori bilan Umida Tursunova (1982 yilda Surxondaryo viloyatida tug‘ilgan, Sariosiyo tumanidagi 28-sonli maktab direktori vazifasida ishlaydi) Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasi (mayda bezorilik) va 194-moddasi (ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik) 1-qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir qilgan deb topilib, unga Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 34-moddasi (bir necha huqubuzarlikni sodir etganlik uchun ma’muriy jazo qo‘llash) 2-qismiga asosan 10 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.

Surxondaryo viloyat sudi jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati apellyatsiya instansiyasining 2023 yil 28 iyuldagi qaroriga muvofiq Umida Tursunovaga nisbatan jinoyat ishlari bo‘yicha Uzun tuman sudi tomonidan 2023 yil 26 iyulda chiqarilgan qaror o‘zgarishsiz qoldirilgan.

Oliy sud Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati kassatsiya instansiyasining 2023 yil 1 avgustdagi ajrimiga ko‘ra Umida Tursunovaga nisbatan birinchi va apellyatsiya instansiya sudlari chiqargan qarorlari o‘zgartirilib, unga 7 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Surxondaryoda hokim bilan bahslashgan maktab direktorining qamalish sabablari ma’lum bo‘ldi