date
views 175

Alimentni o‘z vaqtida to‘lamagan ota «Nexia 2» sidan ayriladi

Alimentni o‘z vaqtida to‘lamagan ota «Nexia 2» sidan ayriladi

Bu hayotda farzand tarbiyasi, uning ta’minoti har bir ota-ona zimmasidagi o‘ta sharafli va ayni paytda mas’uliyatli vazifa sanaladi. Biroq hayotda ana shunday mas’uliyatli vazifani o‘z ixtiyori bilan bajarishdan bosh tortadigan ota-onalar ham uchrab turadi.

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Jizzax tumanlararo sudining 05.09.2016 yildagi qaroriga asosan qarzdor J.Ochilovdan undiruvchi R.Ochilova foydasiga bir nafar voyaga yetmagan farzandining moddiy ta’minoti uchun har oylik ish haqi va daromadining ¼-qism miqdorida aliment undirish belgilangan bo‘lib, ijro harakatlari davomida bir necha marotaba ogohlantirilishiga qaramasdan bo‘yin tovlab kelgan.

Ijro harakatlari davomida, qarzdor J.Ochilovga tegishli Nexia 2 rusumli avtomashina aliment qarzdorligi evaziga xatlanib, jarima maydonchasiga joylashtirildi.

Aliment qarzdorligi to‘lanmagan taqdirda, ushbu avtotransport vositasi elektron-onlayn savdolarida sotiladi. Savdodan tushgan puldan mavjud qarzdorliklar qoplanadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Alimentni o‘z vaqtida to‘lamagan ota «Nexia 2» sidan ayriladi