00:16 / 09.08.2023
516

Buxoroda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi inspeksiya xodimi qo‘lga olindi

Buxoroda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi inspeksiya xodimi qo‘lga olindi

Buxoro viloyati Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi Qorako‘l tuman bo‘limi mas’ul xodimi qo‘lga olindi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar berdi.

Unga ko‘ra, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi Qorako‘l tuman bo‘limi mas’ul xodimi tumanning “Tojikent” mahallasida yashovchi, 1996 yilda tug‘ilgan R.O. xizmat mavqeyidan foydalangan holda boshqa bir fuqarodan traktor haydash uchun maxsus ruxsatnoma tayyorlab berishi evaziga pul talab qilgan.

Departamentning Qorako‘l tuman bo‘limi hamda DXX Olot tuman bo‘limi xodimlari tomonidan 3 avgust kuni o‘tkazilgan tezkor tadbirda ushbu shaxs kimyoviy ishlov berilgan 100 AQSH dollari va 850 ming so‘m pullarni olgan vaqtida ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirgi kunda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.


arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat