Advokat bo‘lish uchun 2 yillik ish staji talabi bekor qilindi


Foto: Shutterstock
“Advokatura to‘g‘risida”gi qonunning 3-1-moddasiga o‘zgartirish kiritish haqida”gi qonun prezident tomonidan imzolandi.
Kiritilgan o‘zgartirishga ko‘ra, advokat maqomiga ega bo‘lishga talabgor shaxs litsenziya olish uchun advokatlik tuzilmasida (advokatlik byurosida, advokatlik firmasida, advokatlar hay’atida, yuridik maslahatxonada) kamida 3 oy muddat stajirovka o‘tashi kerak hamda malaka imtihonini topshirishi shartligi belgilandi.
Ilgari talabgor shaxs yuridik mutaxassislik bo‘yicha kamida 2 yillik ish stajiga ega bo‘lish lozim edi.
Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling































Izohlar 0
…