date
views 145

O‘tgan 6 oyda necha kishi Haj va Umra amallarini bajargani ochiqlandi

O‘tgan 6 oyda necha kishi Haj va Umra amallarini bajargani ochiqlandi

Joriy yilning olti oyida 15 150 nafar ziyoratchi haj amalini, 34 mingdan ortiq ziyoratchi umra amalini ado etdi. Bu haqda AOKAda bo‘lib o‘tgan brifingda Din ishlari bo‘yicha qo‘mita axborot xizmati rahbari Ilhom Ma’rupov ma’lum qildi.

Joriy yilning o‘tgan davri mobaynida yurtimizdan yetishib chiqqan allomalarning 51 ta asari xalqchil tarjima qilindi.

Aholi ehtiyojidan kelib chiqib, hududlarda 6 ta yangi diniy tashkilot o‘z faoliyatini boshladi.

Shuningdek, 7 ta diniy tashkilotda tubdan qayta qurish, 18 tasida ta’mirlash ishlari yakunlandi, 250 ta binoda qurilish-ta’mirlash ishlari davom etmoqda.

Reabilitatsiya qilish va ijtimoiy moslashtirishga muhtoj bo‘lgan 6 mingdan ziyod shaxslar va ularning oila a’zolari bilan 5 mingga yaqin profilaktik tadbir o‘tkazildi, deyiladi xabarda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘tgan 6 oyda necha kishi Haj va Umra amallarini bajargani ochiqlandi