21:43 / 11.08.2023
235

Buxoroda oyoqlari osmonga qarab qolgan "Matiz" ichidan yo‘lovchilar «butun» chiqishdi

Buxoroda oyoqlari osmonga qarab qolgan "Matiz" ichidan yo‘lovchilar «butun» chiqishdi

Bugun, 11 avgust kuni, soat 13:25 da Buxoro shahridagi Alpomish ko‘chasi muyulishida «Matiz» ag‘darilgan va avtomashina ichida bo‘lgan odamlar zudlik bilan uning ichidan chiqishgan.

«Holat ko‘z o‘ngimizda sodir bo‘ldi. «Matiz» rusumli avtomashina, ya’ni taksi haydovchisi yashil chiroq qoidalariga amal qilmay, qizil chiroq yonganda, go‘yoki ulgura olishni ko‘zlab, yo‘l harakati qoidasini buzdi. Oqibatda avtomashina ag‘darilib ketdi», — deydi fuqaro Yevgeniy Bondar.

Taksi haydovchisining ehtiyotsizligi tufayli katta chorraha muyulishida ag‘darilib ketgan avtomashina salonida bo‘lgan yo‘lovchilar zudlik bilan chiqishgan va o‘rta yoki og‘ir jismoniy jarohat olishmagan.

«Ushbu chorrahada barcha yo‘l belgilari o‘rnatilgan va yo‘l sozligi ta’minlangan bo‘lishiga qaramay, haydovchilar tomonidan ko‘p qoidabuzarliklar sodir etiladi. Biroq, ushbu manzilda tezlik 25-30 dan oshirilmaydi. Shu bois, o‘lim holati yuzaga kelgan emas. Har bir haydovchi, nafaqat, o‘zining, balki boshqa yo‘lovchilarning hayoti uchun ham javobgar bo‘lishini unutmasligi kerak. Holat o‘rganiladi. Va yo‘l qoidasiga amal qilmagan haydovchi qonun doirasida o‘z hatti-harakatlari oldida javobgar bo‘ladi»,— dedi viloyat IIB YHXB axborot guruhi rahbari Ulug‘bek Shukurullayev.


arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat