Bugun, 13 avgust kuni barcha hududlarda test sinovlari yakunlandi. Bu haqda Bilimni baholash agentligi ma’lum qildi.
Bunda jarayonlar:
- 4 avgust kuni — Farg‘ona viloyatining So‘x tumanida;
- 11 avgust kuni — Sirdaryo viloyatida;
- 12 avgust kuni — Buxoro, Jizzax va Xorazm viloyatlarida;
- 13 avgust kuni — qolgan hududlarda o‘z yakuniga yetgan.
Eslatib o‘tamiz, 2023-2024-o‘quv yili uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida OTMlarning bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari 2023-yil 1-avgust kuni boshlangan edi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar