Foto: kubnews.ru
AQSH sinoptiklari sayyoradagi o‘rtacha haroratning oshishiga sabab bo‘lgan El-Nino hodisasi 2024 yilning fevraligacha davom etishiga 95 foiz ishonch bildirmoqda. Bu haqda Sinxua xabar berdi.
El-Nino — kuchli tabiiy hodisa, ekvatorial va Janubiy Tinch okeanidagi suv haroratining davriy ravishda oshishi. U butun sayyoradagi iqlimga ta’sir qiladi.
“Iyul oyida Tinch okeanining ekvatorial qismidagi yerusti suvlari harorati o‘rtacha darajadan yuqori bo‘ldi, bu El-Nino hodisasi davom etishidan darak beradi”, — deyiladi Milliy ob-havo xizmati xabarida.
AQSH hukumati meteorologiya agentligining hisob-kitoblariga ko‘ra, El-Nino 2023 yil dekabrdan boshlangan va 2024 yil fevralgacha davom etadi.
Avvalroq Leypsig universiteti olimi Karsten Xaushtayn ham xuddi shunday fikrni ilgari surgandi.
“Sayyoramiz sirtining o‘rtacha harorati bizdagi ishonchli ma’lumotlarga asosan birinchi marta 17 darajaga yetgani global isish tarixidagi ajoyib voqeadir. Endi El-Nino issiq fazasi ham boshlanmoqda, keyingi bir yarim yil ichida ko‘plab yangi rekord kunlar, oylarni, rekord yillik haroratni kutishimiz mumkin”, — degan u.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!