Xonanda Ozoda Nursaidova Instagram sahifasida orqali onasi vafot etganini ma’lum qildi. U onasi bilan tushgan rasmini sahifasiga joylab “Chidolmayman…. Onajon….Oxiratiz obod bo‘lsin”, deb yozib qoldirdi.
“Meni qo‘limdan san’atdan boshqa hech narsa kelmaydi. Bundan tashqari, atrofingizdagi odamlarning munosabati o‘sha og‘riqni yanada kuchaytiradi. O‘sha kezlarida agar onam bo‘lmaganlarida, men O‘zbekistondan ketardim. O‘shanda onam menga, men onamga dalda bo‘ldim. Mana shu 14 yil onamni qaritdi. Bu orada qand xastaligiga chalindilar, yuraklari og‘riydigan bo‘lib qoldi. Mendan ham ko‘p onam qaridilar”, — degandi xonanda intervyularining birida.
Eslatib o‘tamiz, xonandaning onasi uzoq yillar avtobazada dispetcher bo‘lib ishlagan. Otasi esa Ichki ishlar xodimi bo‘lib, nafaqaga chiqqan. Xonandaning padari buzrukvori shu yilning yanvar oyida vafot etgandi.
Ozoda Nursaidova, Onasi, Vafot etdi “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring