date
views 189

Bolalar ona tarbiyasiga qaytarildi

Bolalar ona tarbiyasiga qaytarildi

Oila –muqaddas dargoh. Uni qadriga yetish, asrab-avaylash er-xotinning burchidir. Biroq, ming afsuski, bugungi kunda arzimas  sabablar bilan ajrashgan oilalar uchrab turibdi. Yanada afsuslanarli joyi esa o‘rtadagi farzandlar gohida arosatda qolib, ularni talashayotgan ota-onalar uchrab turmoqda.

Aynan mana shu nizoli vaziyatlar, ya’ni bolalarni otasi yoki onasiga olib berish kabi hujjatlar ijrosini ta’minlashga Byuro organlari tomonidan alohida e’tibor qaratilmoqda. Kelib tushayotgan shu toifadagi hujjatlar ijrosini ta’minlashda eng birinchi navbatda oilalarni yarashtirish, arosatda qolayotgan farzandlarni ota-ona qaromog‘ida tarbiyalash tushuntirilmoqda. Biroq, ayrim hollarda esa...

Namangan tumanida yashovchi A.Otaxonov oilaviy kelishmovchilik sababli turmush o‘rtog‘i S.Boydedayeva bilan ajrashib ketadi. Fuqarolik ishlari bo‘yicha Namangan tumanlararo sudining 2022 yil 6 dekabrdagi qaroriga ko‘ra voyaga yetmagan farzandini ona tarbiyasiga olib berish ko‘rsatib o‘tilgan.

Byuroning Namangan tumani bo‘limi tomonidan ish yurituviga olingan hujjat ijrosini ta’minlash oson kechmadi. Qarzdor bir necha bor ogohlantirishga qaramay farzandini sud qaroriga ko‘rsatilganidek, onasiga bermadi. Oxir oqibat ish majburiy ijro harakatlari natijasida amalga oshirildi. Ya’ni, onasi tarbiyasiga olib berish to‘g‘risidagi hujjat yuzasidan ijro harakatlari olib borildi.

Mazkur hujjat ijrosinii ta’minlash maqsadida majburiy ijro harakatlari Namangan tumani Mallahovuz mahallasida A.Otaxanovning yashash xonadoniga tayin etildi. Olib borilgan harakatlar davomida undiruvchi S.Boydedayevaga voyaga yetmagan ikki nafar farzandi qaramog‘iga olib berilib, hujjat ijrosi amalda ta’minlandi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Bolalar ona tarbiyasiga qaytarildi