Qarzdorni ko‘chirish to‘g‘risidagi ijro hujjati davlat ijrochisi belgilagan muddatda ijro etilmagan taqdirda ko‘chirish davlat ijrochisi tomonidan majburiy tartibda amalga oshiriladi.
Byuroning Arnasoy tuman bo‘limi ish yurituvidagi fuqarolik ishlari bo‘yicha Do‘stlik tumanlararo sudining Javobgar N.D. va oila a’zolarini Arnasoy tumani G‘oliblar SHFYdagi uydan majburiy tartibda chiqarish bo‘yicha ijro hujjatiga asosan majburiy ijro harakatlari o‘tkazildi.
Davlat ijrochisi majburiy ko‘chirish kuni va vaqti to‘g‘risida qarzdorga rasman ma’lum qilgan. Ko‘chirish kuni to‘g‘risida xabardor qilingan qarzdorning hozir bo‘lmasligi ijro hujjatini ijro etish uchun to‘sqinlik qilmasligi to‘g‘risida ogohlantirilgan.
Ko‘chirish xolislar ishtirokida, IIB, FVV, TTYO xizmati xodimlari va boshqa vakolatli shaxslarning ko‘magida, davlat ijrochisi tomonidan amalga oshirildi.
Majburiy ijro yakunida davlat ijrochisi tomonidan ko‘chirish to‘g‘risida dalolatnoma tuzib ishtirokchilar tomonidan imzolandi.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring