date
views 208

Qarz to‘lanmagach issiqxona binosi xatlanib, auksion savdoga chiqarildi

Qarz to‘lanmagach issiqxona binosi xatlanib, auksion savdoga chiqarildi

So‘nggi yillarda tadbirkorlik subyektlarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashga ustuvor ahamiyat berilib, aholini tadbirkorlikka jalb qilish tizimini takomillashtirish, tadbirkorlik subyektlarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash orqali joylarda tadbirkorlik va ishbilarmonlik muhitini yaxshilash bo‘yicha sa’y-harakatlar izchil davom ettirilmoqda.

Bunda tijorat banklarining kreditlari orqali tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan yuqori samara bermoqda.

Biroq, amaliyotda tadbirkorlik subyektlari tomonidan kredit shartnomasida belgilangan majburiyatlarni bajarmaslik holatlari tez-tez uchrab turadi.

Misol uchun, ATB “Qishloq qurilish bank” Navoiy mintaqaviy filiali tomonidan “T.V.S” mas’uliyati cheklagan jamiyatiga tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish maqsadida 1 mlrd. 534,3 mln. so‘m kredit ajratilgan.

Kredit shart­nomasi bo‘yicha mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari o‘z majburiyatlarini belgilangan muddatlarda bajarmaganligi sababli, Karmana tumanlararo iqtisodiy sudining 20.12.2021 yildagi qaroriga asosan kredit qarzini undirish va undiruvni garovga qo‘yilgan “Issiqxona” binosiga qaratish belgilangan.

Mazkur ijro hujjati Byuroning Navoiy viloyati boshqarmasiga kelib tushgan bo‘lib, olib borilgan ijro harakatlari jarayonida MCHJ rahbari ushbu qarzdorlikni to‘lash yuzasidan bo‘yicha bir necha bor ogohlantirilgan, bank hisobraqamlariga elektron inkasso topshiriqnomalar yuborilgan.

Ammo, qarzdorlik to‘lanmaganligi natijasida garov ta’minoti sifatida qo‘yilgan 1 mlrd. 875 mln. so‘mlik garovga qo‘yilgan “Issiqxona” binosi xatlanib, elektron onlayn auksionda sotish uchun chiqarildi.

Jamiyatning mol-mulki sotilishi bilan sotuvdan tushgan mablag‘ qarzdorlikni qoplashga yo‘naltiriladi va kelgusida boshka bir tadbirkorning kredit resurslaridan foydalanishiga zamin yaratiladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qarz to‘lanmagach issiqxona binosi xatlanib, auksion savdoga chiqarildi