date
views 191

Xatlov jarayonlarida 198,4 mlrd. so‘m mablag‘ undirildi

Xatlov jarayonlarida 198,4 mlrd. so‘m mablag‘ undirildi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qo‘mitasi, Toshkent viloyati Soliq boshqarmasi soliq qarzlarini undirishni tashkil qilish bo‘limi hamda Majburiy ijro byurosi viloyat boshqarmasi xodimlari hamkorligida qarzdorlarning mol-mulklarini xatlash va soliq qarzini undirish tadbirlari o‘tkazilmoqda.

Tadbirlarga 20 nafardan ortiq xodimlar jalb etilgan bo‘lib, kuni kecha mol-mulklarini xatlash va soliq qarzini undirishga qaratilgan galdagi tadbir Qibray tumanidan ro‘yxatdan o‘tgan "Do‘rmon avtoyo‘l ixtisoslashgan yo‘llardan foydalanish" UKda tashkil etildi.

Mazkur korxonaning 2023 yil 15 avgust holatiga 2 652,7 mln. so‘m soliq qarzdorligi mavjud bo‘lib, soliq qarzini uzish to‘g‘risida talabnomalar yuborilgan. Talabnomalarda soliq majburiyatlarini belgilangan muddatlarda bajarilishi, aks holda soliq xizmati organlari tomonidan, O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 114-moddasiga asosan, 15 kundan so‘ng xatlov ishlarini amalga oshirilishi nazarda tutilgan.

Shunga qaramasdan, jamiyat tomonidan bugungi kungacha soliq qarzdorligi so‘ndirilmagan. Natijada soliq organi rahbari tomonidan chiqarilgan xatlov qarori bo‘yicha tashkilotga tegishli bo‘lgan avtotransport vositalari xatlanib jarima maydonlariga joylashtirildi.

Shuningdek, Ohangaron tumanidan ro‘yxatdan o‘tgan “Ohangaron Shoxrux Fayz RSU-3” MCHJda ham xatlov tadbiri bo‘lib o‘tdi. Mazkur korxonaning 2023 yil 15 avgust holatiga 556,8 mln. so‘m soliq qarzdorligi mavjud bo‘lib, Soliq organlari tomonidan korxonaga soliq majburiyatlarini belgilangan muddatda bajarilishini ta’minlashi yuzasidan talabnomalar yuborilgan bo‘lsa ham mavjud qarzdorlik o‘z vaqtida qoplanmagan.

Shu asosida xatlov qarori chiqarilib, jamiyatga tegishli bo‘lgan og‘ir yuk avtotransporti soliq qarzdorligi hisobiga xatlandi.

Ta’kidlash kerakki, Toshkent viloyatida joriy yilning o‘tgan davrida 227,6 milliard so‘m soliq qarziga ega 500 ta obyektda xatlov tadbiri o‘tkazilib, 196 ta holatda 198,4 mlrd. so‘m mablag‘ undirildi. Shu bilan birga, 482 ta qarzdorning 296,7 mlrd. so‘m soliq qarzdorligi hisobiga mol-mulklari, shundan 201 ta bino va inshoot,  80 ta transport vositalari va 201 ta boshqa turdagi mulklar xatlandi.

Aslida soliq xizmati organlari tomonidan soliq qarzdorligining ortib borishiga yo‘l qo‘ymaslik, soliqlarning yig‘iluvchanlik darajasini oshirish, mahalliy budjetlarga tushumlarni ko‘paytirish maqsadida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlardan ko‘zlangan maqsad kimnidir jazolash yoki birovning mulkini olib qo‘yish emas, aksincha mamlakatda qonun ustuvorligini ta’minlash, aholi manfaatlarini himoya qilishga qaratilgandir.

Toshkent viloyati soliq boshqarmasi axborot xizmati.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Xatlov jarayonlarida 198,4 mlrd. so‘m mablag‘ undirildi