date
views 110

Prezident: tadbirkor qancha ko‘p daromad topishidan bank manfaatdor bo‘ladigan tizim yaratiladi

Prezident: tadbirkor qancha ko‘p daromad topishidan bank manfaatdor bo‘ladigan tizim yaratiladi

Foto: Prezident matbuot xizmati
Prezident Shavkat Mirziyoyev tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazmoqda. Davlat rahbari mamlakatda tadbirkorlikni rivojlantirish borasidagi ustuvor vazifalar to‘g‘risida nutq so‘zlamoqda.

Kichik biznes markazlari bilan hamkorlikda kichik biznes loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha barcha jarayonlar soddalashgan tartibda belgilanadi.

Bank ham, markaz ham yangi loyiha daromad keltirib, tadbirkor faoliyati rivojlanishidan manfaatdor bo‘lishi uchun yangi kichik biznes loyihasi ishga tushgach, ikki yil davomida ulardan tushadigan barcha soliqlar “Biznesni rivojlantirish banki”ning aylanma mablag‘i uchun o‘tkazib beriladi.

Ya’ni, tadbirkor qancha ko‘p daromad topishidan bank manfaatdor bo‘ladigan tizim yaratiladi.

Eng asosiysi, ushbu dasturda istalgan davlat va xususiy banklar ishtirok etishi, o‘zlari ham resurs jalb qilishi mumkin bo‘ladi. Banklarning dastur doirasida olgan foydasi soliq bazasidan chegirib tashlanadi.

Buning uchun Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, Xalqaro moliya korporatsiyasi va boshqa xalqaro moliyaviy tashkilotlardan yana 500 million dollar jalb qilinadi.

Ushbu tashabbuslardan bir yil ichida kamida 150 mingta kichik biznes subyektlarini “oyoqqa turg‘izish”, kamida 25 mingtasini o‘rta korxonalarga aylantirish, sohada 250 ming yangi doimiy ish o‘rinlarini yaratish maqsad qilingan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Prezident: tadbirkor qancha ko‘p daromad topishidan bank manfaatdor bo‘ladigan tizim yaratiladi